AsosiyJinoyat

Bojxonachilar giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasini fosh etishdi

'Bojxonachilar giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasini fosh etishdi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.A.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu shaxsning yotoqxonasidagi temir idishchada 1,97 gramm marixuana giyohvandlik moddasi saqlanayotgani fosh etildi.

Shuningdek, tekshiruv jarayonida fuqaro A.A. o`z ko`rsatmasida uyi yaqinidagi qarovsiz er maydonidakannabis o`simligi o`sganini ham ma`lum qilgan. Shundan so`ng, mazkur hudud tekshirilganda, 7 m2 hududda 41 tup kannabis o`simligi etishtirilgani ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar