AsosiyJinoyat

Sifati kafolatlanmagan 109 million so`mlik dori vositalari to`xtatib qolindi

'Sifati kafolatlanmagan 109 million so`mlik dori vositalari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Xususan, Toshkent aeroporti bojxonachilari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro F.Z. ning bagaji belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, uning yuklari va kiyimlari orasida yashirilgan, bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan umumiy narxi 109 million so`mga teng bo`lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari borligi aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar