AsosiyJinoyat

Uchuvchisiz uchish qurilmasi bojxona postidan “uchib” o`ta olmadi

'Uchuvchisiz uchish qurilmasi bojxona postidan “uchib” o`ta olmadi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan uchuvchisiz uchish qurilmasini yurtimizga noqonuniy olib kirish bilan bog`liq yana bir konunbuzarlik holatiga chek qo`yildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Gulbahor” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.A.ning qo`l yuklaripost xodimlari tomonidan rentgen-skaner apparati yordamida bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, mazkur fuqaroning qo`l sumkasi ichida uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga ko`ra, uchuvchisiz uchish qurilmalarini mamlakatimizga olib kirish, sotish va maxsus ruxsatsiz foydalanish taqiqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasining joriy yil 2 may kuni qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to`ldirilgan bo`lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o`tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo`yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur Qonunning 1-moddasi 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar