AsosiyJinoyat

Uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan yurtimizga uyali aloqa vositalarini noqonuniy olib kirishga urinish holatlariga chek qo`yilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Yangiqo`rg`on tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro A.F.ning xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Natijada, ushbu xonadonda noqonuniy saqlanib kelinayotgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 240 million so`mlik, 120 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar