AsosiyJinoyat

Sumka astari ichiga nima yashirilgan edi?

'Sumka astari ichiga nima yashirilgan edi?'ning rasmi

Bojxona xodimlari zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirilishi bilan bog`liq yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo`yishdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Sariosiyo” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro A.S zargarlik taqinchoqlarini noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirishga uringanligi fosh etildi.

Fuqaro A.S.ning qo`l yuklarirentgen-skaner apparati yordamida bojxona nazoratidan o`tkazilganda, bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan metall buyumlar borligima`lum bo`ldi. Ya`ni, fuqaro A.S tomonidan bojxona to`lovlaridan qochish maqsadida o`zining qo`l sumkasining astari ichiga “mohirona” usulda 349,29 gramm kumush metallidan yasalgan zargarlik taqinchoqlarini yashirishgauringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar