1

Narkokurer faoliyatiga nuqta qo`yildi

Jinoyat 12.06.2019, 09:19
Narkokurer faoliyatiga nuqta qo`yildi

Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarini saqlash, tarqatish va uning noqonuniy savdosi bilan shug`ullanganlarga qarshi qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Farg`ona viloyati Farg`ona tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida tezkor kuzatuv ostiga olingan fuqaro R.T xolislar ishtirokida tekshiruvdan o`tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning yonidan 275 gramm gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1