1

Elektr tokidan noqonuniy foydalangan tadbirkor 40 million so`m zararni to`lab, jinoiy javobgarlikdan ozod etildi

Jinoyat 13.06.2019, 12:49
Elektr tokidan noqonuniy foydalangan tadbirkor 40 million so`m zararni to`lab, jinoiy javobgarlikdan ozod etildi

Iqtisodiy sohadagi jazolarni liberallashtirish bilan bog`liq islohotlardan biri sifatida tadbirkorlar tomonidan birinchi marotaba sodir etilgan jinoyat oqibatida etkazilgan zararni belgilangan muddatda bartaraf etilishi ularni jinoiy javobgarlikdan ozod etish uchun katta imkoniyat berdi.

Bu imkoniyat tadbirkorning nafaqat jazodan ozod etilishiga, balki uning shaxsiy hayotida “sudlangan” degan tamg`adan holi bo`lishga, ijobiy o`zgarishiga, eng asosiysi, tadbirkorlik faoliyatini emin-erkin davom ettirishga zamin yaratdi.

Xususan, 2019 yil 03 mart kuni Majburiy ijro byurosining Bo`ka tumani bo`limi xodimlari tomonidan Bo`ka tumani, Beshkapa ko`chasida joylashgan korxona rahbari tomonidan elektr iste`molidan elektr hisoblagichga boradigan T/T L2 simlarini uzib, elektr hisoblagichni to`xtatib qo`yib elektr iste`molidan noqonuniy ravishda foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Shuningdek, korxonada elektr hisoblagichga boradigan T/T L2 simlarini uzib qo`yilib, bitta suv isitish uskunasi 1 kv, ettita elektr dvigatel 0,75 kv, ikkita elektr dvigatel 1,5 kv, elektr dvigatel1 ta 4 kv, ikkita non pishirish uskunasi 22 kvt, bitta rozetka, beshta elektr yoritgich 10 vt LED lardan noqonuniy ravishda foydalanilishi natijasida davlatga 39.963.616 so`m zarar etkazgan.

Tadbirkorning davlatga etkazilgan zararni bir oy ichida qoplab berganligi inobatga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1