1

Besh tashabbus doirasida Bo`ka tumanida yurish va gimnastika bo`yicha ommaviy tadbirlari tashkil etildi

Jamiyat 15.06.2019, 13:20
Besh tashabbus doirasida Bo`ka tumanida yurish va gimnastika bo`yicha  ommaviy tadbirlari tashkil etildi

Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan o`tkazilayotgan sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish va ommalashtirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar muntazam ravishda, ko`tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

Shu o`rinda qayd etish joizki, Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo`ka tumanida beshta tashabbusning barchasi mujassamlashganidan aholi juda mamnun. Chunonchi, zamonaviy kutubxona hamda kitob o`qish uchun sokin joylar, kompyuter o`yinlari uchun maydonlar, Wi-Fi hududlari tashkil etildi. Yopiq amfiteatr, kafelar qurildi. Universal sport maydonida vorkaut va badantarbiya, mini futbol, badminton, stol tennisi va boshqa sport turlari bilan shug`ullanish uchun keng sharoit yaratildi. Ushbu majmua har oyda o`rtacha 6 ming nafar yigit-qizni jalb qilishi mumkin. Sog`liqni saqlash vazirligi ham ushbu besh tashabbus doirasida izchil amaliy sa`y-harakatlarni boshlab yuborgan.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyun kuni Toshkent viloyatiga tashriflari davomida berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida 15 iyun, shanba kuni Bo`ka tumanida “Sog`lom hayotga qadam tashla” aksiyasi doirasida “Salomatlik kuni” ommaviy tadbirlari o`tkazildi. Tumandagi “Bo`ston” qishlog`ida ertalabki badan tarbiya o`tkazilib, unda va hududga yaqin qishloqlar aholisi tomonidan stadionda jismoniy tarbiya mashqlari bajarildi,qishloqqa kirish yo`lagi bo`ylab 5 kilometr masofaga faol yurish tadbiri bo`lib o`tdi.

Mutaxassislar fikriga ko`ra, oddiy yurish (haftasiga kamida 8 kilometr yurganda) yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga va o`lim xavfini 32 foizga qisqartiradi. Cuyak va mushaklarni mustahkamlaydi, arterial bosimni, qonda xolesterin miqdorining tushishiga sabab bo`ladi, uyquni yaxshilaydi. Har bir qadam energiya sarflanishi, garmonlar ishlab chiqilishi, mushaklardagi qon ta`minotining yaxshilanishi evaziga ularning kislorod bilan boyishi kuchayadi, natijada umumiy holat yaxshilanadi. Gimnastika ham salomatlik uchun foydali bo`lib, unda engil gimnastika mashqlari bajariladi. Natijada, mushak tizimi mustahkamlanadi, bo`g`imlar harakati yaxshilanadi. Bundan tashqari, kuch, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. Sog`lomlashtiruvchi ta`sir kuchiga ega mashqlar tufayli qomatning tik va to`g`ri rivojlanishi ta`minlanadi.

Shuningdek, tumandagi 7-oilaviy poliklinika oldida “Salomatlik maydonchasi” va “Sog`lom ovqatlanish yarmarkasi” tashkil qilindi.Yuqumli bo`lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog`lom ovqatlanish va jismoniy faollikni ahamiyati xaqida ma`lumotlar berildi. Ushbu tadbirlar o`ziga hos saylga aylanib ketdi.

Bundan tashqari, tuman markaziy stadionida Sog`liqni saqlash vazirligi va tuman tashkilotlari xodimlari, sport maktablari, kollej o`quvchilari va aholi ishtirokida gimnastika mashqlari bajarilib, bu erda ham 5 kilometrga faol yurish amalga oshirildi. Ushbu stadion yonida joylashgan eko-parkda kattalar va bolalar tomonidan velosayr, sport hamda musiqa maktablari o`quvchilarining badiiy chiqishlari yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Yana bir e`tiborli jihati, tumanda joylashgan 15-mehribonlik uyining 127 nafar tarbiyalanuvchisi gimnastika mashqlarini bajarishdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ko`rgazmali chiqishlari, “Sog`lom ovqatlanish yarmarkasi”, “Biz tamakisiz hayot uchun ovoz beramiz” tadbirlari tashkil etildi.Tuman madaniyat bo`limining xayriya konserti hamda homiylar tomonidan estalik sovg`alarining ulashilishi tarbiyalanuvchilarni quvonchigi sabab bo`ldi.

“Sog`lom hayotga qadam tashla” aksiyasi doirasidagi ommaviy tadbirlar mamlakatimiz bo`ylab barcha hududlarda aholining faol ishtiroki ta`minlangan holda ko`tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1