1

Toshkent-Angren-Toshkent yo`nalishida elektropoezd qatnovi yo`lga qo`yildi

Jamiyat 16.06.2019, 11:56
Toshkent-Angren-Toshkent yo`nalishida elektropoezd qatnovi yo`lga qo`yildi

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barpo etilgan Angren temir yo`l vokzali foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edik.

Endilikda ushbu vokzalda xizmat ko`rsatiladigan Toshkent-Angren-Toshkent yo`nalishida elektropoezd qatnovi ham yo`lga qo`yildi. Bu haqida jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 12 iyundan yo`lovchilarga xizmat ko`rsatayotgan mazkur shaharlararo elektropoezdi har kuni 18:30 da Toshkent Janubiy temir yo`l vokzalidan, ertalab07:09 da esa Angren temir yo`l vokzalidan jo`naydi.

E`tiborli jihati shundaki, ushbu poezdning yo`l haqi Angren shahri aholisi bilan kelishilgan holda arzon narxlarda belgilandi. Yo`nalish vaqti 2 soat, narxi 5.000 so`m.

Mazkur poezd To`ytepa, Ozodlik, Ohangaron, Ablik bekatlarida ham to`xtab o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1