1

IIV hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat 17.06.2019, 11:19
IIV hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, podpolkovnik Mansur Xoliyorovich Qodirov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlangan.

podpolkovnik Mansur Qodirov

2018 yil iyunidan buyon Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan podpolkovnik Aziz Muxtorovich Qarshiev Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimiga o`tkazilgan.

podpolkovnik Aziz Qarshiev

Shuningdek, podpolkovnik Nodirbek Musirmanovich Ismailov Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimiga, mayor Farrux Xolmuratovich Abraev Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimiga tayinlangan.

podpolkovnik Nodirbek Ismailov
mayor Farrux Abraev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1