1

Valyutani yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar fosh etildi

Jinoyat 19.06.2019, 10:12
Valyutani yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar fosh etildi

Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralaridan turli noqonuniy yo`llar bilan olib o`tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qo`shni davlatga o`tayotgan fuqaro D.G. belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning qo`l yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan 500 000 qozoq tengesi borligi aniqlandi.

“Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham bojxona qonunbuzilishi holati o`z vaqtida bartaraf qilindi. Ya`ni qo`shni davlatga o`tish uchun ushbu postga kirib kelgan fuqarolar B.Z. va M.A. xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, ularning cho`ntaklarida bojxonachilarga ma`lum qilinmagan va deklarasiyasida ko`rsatilmagan 1,2 million Rossiya rubli borligi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham qonunbuzar fuqaroning qing`ir rejasi chippakka chiqarildi. Mamlakatimizdan qo`shni davlatga chiqib ketayotgan fuqaro Yu.O. belgilangan tartibda tekshirilganida, uning egnidagi kiyimlari orasida 8100 AQSh dollari va 11500 qozoq tengesi borligi aniqlandi.

Mazkur postning o`zida yana bir fuqaroning nayrangi ish bermadi. Qo`shni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro I.J. ning nomunosib xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi. Belgilangan tartibda tekshiruvdan o`tkazilgan fuqaroning oyoq kiyimlari ichida naq 10 805 AQSh dollari va 51 000 qozoq tengelari yashirilgani fosh etildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1