1

Samoda samolyotlar “raqsi”: Xonobodda harbiy qismning 70 yilligi nishonlandi

Jamiyat 19.06.2019, 13:58
Samoda samolyotlar “raqsi”: Xonobodda harbiy qismning 70 yilligi nishonlandi

Kecha, 18 iyun kuni Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo`shinlariga qarashli Qashqardaryo viloyatida joylashgan harbiy qism tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo`lib o`tdi.

Marosimda Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo`shinlari qo`mondoni general-mayor Ahmad Burhonov, Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Zaynobiddin Iminov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro`ziev, mazkur harbiy qismning sobiq harbiy xizmatchisi Rossiya Federasiyasidan kelgan mehmon, zahiradagi polkovnik Valeriy Goldishev, zahiradagi polkovnik Aleksandr Xarlamov boshchiligidagi faxriylar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda so`z olganlar mazkur harbiy qism etishtirib bergan uchuvchilarning Qurolli Kuchlarimiz rivojiga qo`shgan beqiyos hissasi, ular yaratgan maktab, ustoz-shogirdlik an`analarining bugungi kunda yangi bosqichga ko`tarilganini, qolaversa O`zbekiston Prezidenti tomonidan harbiy uchuvchilarga ko`rsatilgan yuksak e`tiborning soha vakillari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta`kidladi.

Shundan so`ng, armiyamizning Mig-29, Su-25 kabi qiruvchi samolyotlarining samodagi “raqsi” barchani hayratlantirdi.

Harbiy xizmatchilarning oila a`zolarini harbiy qism bilan tanishtirish maqsadida marosim dasturidan o`rin olgan Qashqadaryo qadriyatlarini namoyish etuvchi baddiy ko`rgazmalar hamda “ochiq eshiklar kuni”, ayniqsa, bolajonlarda unutilmas taassurot qoldirib, ular qalbida harbiy-vatanparvarlik hissini yanada jo`sh urdirdi; ko`ngillarida kelgusida harbiy uchuvchi bo`lish maqsadini paydo etdi.

Shu kuni ochiq osmon ostida tashkil etilgan qiruvchi samolyotlar maketlari hamda harbiy uchuvchi haykali siymosi aks etgan muzeyning ochilish marosimi etmish harbiy qismning etmish yillik to`yiga to`yona bo`ldi.

Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda mahallik xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar barchaga xushnudlik ulashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1