30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Janubi-G`arbiy maxsus harbiy okrugi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Ichki ishlar idoralarida profilaktik xisobda turuvchi voyaga etmagan yoshlar uchun Nishon tumanidagi harbiy qismlardan biriga 3 kunlik harbiy-sport sog`lomlashtirish kunlari tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari 3 kun davomida askarlarning harbiy hayoti bilan yaqindan tanishdi, jangovar va taktik mashg`ulotlarini bevosita kuzatib, harbiy qurol-aslahalarning kelib chiqish tarixi, ularning turlari va foydalanish usullari haqida batafsil ma`lumotga ega bo`ldi. Aqliy hamda jismoniy salohiyat talab etadigan harbiylik kasbining naqadar sharafli ekanligini his etishdi.
“Vatanimiz sarhadlarini quriqlashda jonbozlik ko`rsatib, yuksak natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv hamda psixolog maslahatlar menda katta taassurot qoldirdi. Bu erda xatolarim ustida ishlashni o`rgandim. Ayniqsa, ota-onamning o`rni juda bilindi”,— deydi mayda o`g`irlik bilan vaqtincha xisobga tushib qolgan A.D.
Ushbu “Harbiy-sog`lomlashtirish kunlari” ijobiy natijalarni beraversa, har yili tashkil etish rejalashtirilgan.