1

Ziyoratgohni noqonuniy biznes “maydoni”ga aylantirganlar faoliyatiga chek qo`yildi

Jamiyat 19.06.2019, 20:44
Ziyoratgohni noqonuniy biznes “maydoni”ga aylantirganlar faoliyatiga chek qo`yildi

Imom ota - Xo`jaobod tumanidagi bu ziyoratgoh kunlar isishi bilan yanada gavjumlashadi. So`lim va bahavo maskanda yurtimizning uzoq-yaqin hududlaridan kelgan ziyoratchilarni ham, hattoki, xorijiy sayyohlarni ham uchratish mumkin.

Ziyoratchilar oqimining keskin ortishini ayni muddao bilib,o`z biznesini panada yo`lga qo`yishni rejalashtirganlar ham yo`q emas. Ularning tili bilan aytganda “oltin mavsum”dan imkoni boricha, ko`proq daromad topish.

“Tosh ota” mahallasida istiqomat qiluvchi R. M. hamda J. Tboshqalardan ko`ra, yozni intiq kutgan bo`lsalar kerak. Negaki, ikkovlon ziyoratgoh atrofida bolalar attraksioni ochib, katta foyda ko`rishni bahor oylaridayoq ko`zlab qo`yishgandi. Rejaga ko`ra, ular biznes loyihani imi-jimida, ya`ni davlat ro`yxatidan o`tmagan holda amalga oshirishadi.

Lekin shahar – bedarvoza emas. Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan o`tkazilgan profilaktik tadbirda R. M. hamda J. T.dantadbirkorlikning ushbu turida faoliyat olib borish uchun tegishli hujjatlar so`ralganida, ayb ish qilib qo`ygan bolalarday erdan boshini ko`tarolmay qolishdi. Ularga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilib, R.M.ga tegishli bo`lgan 2 turdagi 160 million so`mlik bolalar o`yini va 8 dona elektr mashinalar olib qo`yildi.

Yana bir hujjatsiz J.T.dan esa 3 turdagi 70 million so`mlik bolalar attraksionlari daliliy ashyo sifatida olinib, noqonuniy faoliyatiga chek qo`yildi.

Dilmurod PARPIEV,

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi

jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy

axborot sho``basi katta inspektori

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1