Shu yil 15 iyundan boshlab Tojikistonga kelgan sayyohlarga bepul sim-kartalar berilmoqda.
Bu boradagi bitimga Tojikiston IIV va "Tcell" kompaniyasi o`rtasida erishildi. Sayyohlar uchun bepul sim-kartalar o`n kun mobaynida amal qiladi. Ularni Dushanbe xalqaro aeroporti, barcha chegara punktlari va Tojikiston IIVning turistik milisiya bo`limlarida olish mumkin.
Xabarlarga qaraganda, sayyohlar Tojikistonga kelishidan avvalroq mahalliy sayyohlik kompaniyalari orqali sim-karta olish uchun turistik milisiya bo`limiga ariza berishi mumkin.
Hozircha Tojikiston rasmiylari nima uchun bu dasturda birgina "Tcell" ishtirok etayotgani va mamlakatdagi mobil aloqa kompaniyalari o`rtasida tender o`tkazilgan yoki o`tkazilmagani yuzasidan izoh bermadi.