AsosiyJamiyat

"Mega Nukus"da harbiylar ajoyib tomosha ko`rsatishdi (Foto)

'"Mega Nukus"da harbiylar ajoyib tomosha ko`rsatishdi (Foto)'ning rasmi

Kecha, 20 iyun kuni Nukus shahri markazida joylashgan “Mega Nukus” savdo-ko`ngilochar majmuasi oldida garnizonda joylashgan harbiy qism askarlari tomonidan ajoyib tomosha konserti o`tkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida o`tkazilgan tadbirda bir guruh askarlarning quvnoq o`yinlari va qo`l jangi elementlari bilan chiqishlari shahar aholisi vamehmonlarining kayfiyatini ko`tardi.

Ro`zg`or yumushlari bilan savdo-ko`ngilochar majmuasiga kelganlar behosdan tomoshabinga aylanishdi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`mondonligi tomonidan tashkil etilgan bayram tomoshasida garnizon Ma`naviyat va ma`rifat markazining harbiy orkestri hamda xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo`shiqlar yig`ilganlarni davraga chorladi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar