AsosiyJamiyat

“Zararli odatlar – umr kushandasi” shiori ostida ommaviy tadbir o`tkazildi

'“Zararli odatlar – umr kushandasi” shiori ostida ommaviy tadbir o`tkazildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, butun dunyoda yuqumli bo`lmagan kasalliklar global muammo bo`lib, inson salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda. Shu sababli yuqumli bo`lmagan kasalliklarni erta aniqlash, aholi orasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, ularning jismoniy faolligini ta`minlash sohasidagifaoliyat ko`lamini kengaytirish maqsadida Sog`liqni saqlash vazirligi mamlakatimizning barcha hududlarida tizimli ravishda ommaviy tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Ushbu tadbirlar aholining sog`lom turmush tarziga bo`lgan qiziqishini oshirishda qo`l kelayotir.

Rejaga ko`ra, joriy yilning 22 iyun, shanba kuni mamlakatimiz bo`ylab “Zararli odatlar – umr kushandasi” shiori ostida ommaviy tadbirlar o`tkazildi. Jumladan, poytaxtimizdagiAshxobod sayilgohida tashkil etilgan aholi ishtirokidagi 5 kilometrga faol yurish tadbirning ko`tarinki ruhda o`tishini ta`minladi.

Ma`lumki, zararliodatlar yuqumli bo`lmagan kasalliklar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri bo`lib, shaxsni o`zini inson sifatida tan olishga yoki sog`lig`iga bevosita e`tiborli bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, har yili alkogol va tamaki mahsulotlari taxminan 3,5 va 5 million kishining umriga zomin bo`layapti. Bu ko`rsatkichniavtohalokatyoki saratonning ba`zi turlari bilan qiyoslash mumkin.

Zararli odatlar ishemik yurak kasalligi, o`pka saratoni, surunkali bronxit va amfizem, septik oshqozon yarasi va boshqa ko`plab kasalliklarnirivojlanishini tezlashtirishi isbotlangan. Afsuski, dunyoda erkaklarning 50 foizi va ayollarning esa 25 foizi sigaret chekmoqda va chekish har o`ndan birining o`limiga sabab bo`layapti. Ularning sigaret chekmaydiganlarga nisbatan miyokard infarktidan vafot etishi 5 baravar yuqori. Har bir sigaret chekish umr ko`rishni 5 – 15 daqiqagacha qisqartirmoqda.

JSST ma`lumotlariga ko`ra, yiliga kishi boshiga 8 litr spirtli ichimlik iste`mol qilish har qanday millat genofondiga jiddiy tahdid soluvchi chegara hisoblanadi.Spirtli ichimliklar odatda giyohvand moddalar va turli zaharlar kabi dastlab hayajonlantiradi,keyin esa paralizasiyalovchi ta`sir ko`rsatadi.Alkolgol mahsulotlarini tez-tez iste`mol qilish turli organlar faoliyati buzilishiga olib keladi.

Zararli odatlarni bartaraf etishda me`yoridagi parhez, jismoniy mashq va turli sport o`yinlari, to`g`ri mehnat faoliyati va dam olish tartibi muhim ahamiyatga ega. Konfusiyta`kidlaganidek, “Bugungi kunda zararliodatlarni engib o`tish ertaga qaraganda osonroqdir”.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan mazkur ommaviy salomatlik tadbirlarida Sog`liqni saqlash vazirligi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, hududlardagi tibbiyot muassasalari xodimlari, hamkorlik tashkilotlari vakillari hamdayurtimiz san`at ustalari faol ishtirok etishdi.

Sog`liqnisaqlashvazirligi

Jamoatchilikbilanaloqalarbo`limi

    Boshqa yangiliklar