AsosiyDunyo

AQSH Ukrainadagi USAID xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda

1 iyuldan boshlab gumanitar sohadagi xodimlar bo‘shatiladi.

'AQSH Ukrainadagi USAID xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda'ning rasmi

Qo‘shma Shtatlar 2025 yil 1 iyuldan boshlab Ukrainadagi USAID (AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi) loyihalari doirasida faoliyat yuritayotgan qator xodimlar bilan shartnomalarni bekor qilmoqda. Bu haqda TASS agentligi AQSH davlat xaridlari portalidagi rasmiy hujjatlarga tayanib xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

Ishdan bo‘shatilayotganlar gumanitar va rivojlanish sohasida ishlagan mutaxassislardir. Ular orasida iqtisodiy o‘sish bo‘yicha katta maslahatchi, global sog‘liqni saqlash xavfsizligi bo‘yicha ekspert, donorlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatchi va boshqa ko‘plab malakali kadrlar bor. Shuningdek, ba’zilari Donald Trampning oldingi prezidentlik davrida ishga qabul qilingan.

Xodimlar bilan tuzilgan shartnomalar turli muddatli va turli miqdorda bo‘lgan. Ulardan eng yuqori mablag‘li shartnoma – aloqa bo‘yicha katta maslahatchiga tegishli bo‘lib, qiymati 455 ming AQSH dollarini tashkil etgan.

Rasmiy hujjatlarda ishdan bo‘shatish sababi “hukumat manfaatlari uchun” deb ko‘rsatilgan. Bu ibora, Ilon Musk nazorati ostidagi samaradorlikni oshirish agentligi tomonidan standart asosda ishlatiladi. Ushbu asosda bo‘shatilgan xodimlar kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lishi mumkin, biroq bu holat shartnomaviy tafsilotlarga bog‘liq.

Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio AQSHning xorijdagi yordam dasturlarini tanqid qilib, “ularning ko‘pchiligi samarasiz” ekanini va atigi 12 foiz mablag‘gina haqiqiy ehtiyojmandlarga yetib borishini bildirgandi.

Bu qaror Ukraina bilan hamkorlikdagi rivojlanish dasturlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha aniq emas, biroq u USAID loyihalarining qisqarishidan dalolat beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bayden saraton tashxisidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:40

    Bayden saraton tashxisidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

    Jo Bayden nabirasi Robert Xanter Baydenning bitiruv marosimida ishtirok etgan.

    'Braziliyada Rossiyaning soxta hujjatlarga asoslangan josuslik tarmog‘i fosh etildi'ning rasmi

    Dunyo 24.05.2025 21:00

    Braziliyada Rossiyaning soxta hujjatlarga asoslangan josuslik tarmog‘i fosh etildi

    Bu tarmoqda Rossiya maxsus xizmatlari agentlari Braziliyada tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarni soxtalashtirib, go‘yoki asil braziliyalikka aylanishgan.

    'Tailandda politsiya vertolyoti qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 24.05.2025 19:03

    Tailandda politsiya vertolyoti qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

    Bir kishi vertolyotdan parashyut bilan sakrab, qochishga ulgurgan.

    '"Muhtasham yuz yil" va "Chuqur" seriali aktyorlari qamaldi'ning rasmi

    Dunyo 24.05.2025 11:32

    "Muhtasham yuz yil" va "Chuqur" seriali aktyorlari qamaldi

    Ularga salkam 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    'Isroil Eron yadroviy obyektlariga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda'ning rasmi

    Dunyo 24.05.2025 10:32

    Isroil Eron yadroviy obyektlariga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    Bu qaror AQSH va Eron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugashi ehtimoliga tayyorgarlik sifatida qabul qilingan.

    'Hindistondagi kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq tufayli 45 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 23.05.2025 15:41

    Hindistondagi kuchli yomg‘ir va momaqaldiroq tufayli 45 kishi halok bo‘ldi

    Tabiiy ofat sababli Dehli aeroporti kamida 13 ta reys yo‘nalishini o‘zgartirgan.