AsosiyJinoyat

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan turli xil tovarlar to`xtatib qolindi

'Bojxonachilar tomonidan  sifati kafolatlanmagan turli xil tovarlar to`xtatib qolindi 'ning rasmi

Bojxona xodimlari tomonidan tovarlar va moddiy boyliklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy harakatlanishini oldini olish, respublikamizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan muntazam ravishda tezkor chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan “Almata-Nukus” yo`lovchi poezdi ko`zdan kechirildi. Natijada, 10 ta holatda, xech qanday xujjatlari bo`lmagan, turli xildagi jami 228 million so`mdan ziyod sifati kafolatlanmagan noqonuniy tovarlarning aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yildi.

Hozirda mazkur holat bo`yicha bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar