Bojxona xodimlari giyohvandlik o`simliklarini parvarishlagan shaxsni fosh etishdi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari xamda viloyat IIB xodimlari xamkorlikda tezkor tadbir o`tkazishdi.
Tadbir davomida, Sariosiyotumanidagi “I” bog`dorchilik fermer xo`jaligiga tegishli tomorqa xolislar va mutaxasis ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, fuqaro N.B tomonidan fermer xo`jaligiga tegishli tomorqadagi gilos daraxtlari tagiga ekilib, parvarishlangan 5 tup marixuana o`simliklari borligi aniklandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.