AsosiyJamiyat

“Digital Generation Camp” o`quv oromgohining ilk bitiruvchilari xalqaro raqamlashtirilgan sertifikatlar bilan taqdirlandi

'“Digital Generation Camp” o`quv oromgohining ilk bitiruvchilari  xalqaro raqamlashtirilgan sertifikatlar bilan taqdirlandi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent shahridagi Inha Universiteti hamkorligida “Digital Generation Camp” loyihasi ishga tushirildi. IT sohasidagi mazkur loyiha asosida 18-22 iyun kunlari “Yoshlar oromgohi”da “Digital Generation Camp” yozgi oromgohi tashkil etildi. Unda ishtirok etish uchun o`quv tizimi orqali loyihaning 5ta yo`nalishi bo`yicha 16 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan 90 nafar yoshlar saralab olindi.

Bo`stonliq tumani “Yoshlar ogomgohi”da tadbirning ochilish marosimi o`tkazilib,undaO`zbekiston yoshlar ittifoqi raisining birinchi o`rinbosari Alisher Sa`dullaev, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o`rinbosari Qahramon Yo`ldoshev va Toshkent shahridagi Inha Universiteti rektori Muzaffar Jalolovlar loyihaning maqsad va vazifalari xususida so`z yuritdi.

Ishtirokchilarning har bir yo`nalishdagi bilim darajasi va qobiliyatini aniqlash uchun ular mavjud yo`nalishlarning ilg`or vakillari va taniqli blogerlari Nuruddin Iminohunov, Ulug`bek Kalanov, Dilmurod Hodiev, Jaloliddin Mirzaev bilan uchrashib, interfaol mashg`ulotlarga jalb qilindi. Xalqaro spikerlardan “Startup Weekend” loyihasining O`rta Osiyodagi koordinatori Anurag Maloo va Mustafa Xamvi “Digital Generation Camp” loyihasi va yoshlardagi imkoniyatlar haqida o`z fikrini bildirdi.

Loyihaning amaliy qismida talabalar jamoalarga bo`lingan holda tajribali mentorlar bilan fikr almashib, IT sohasidagi dolzarb loyihalar ustida ish boshladi. Ular o`quv platforma oldidan zarur ishchi buyumlar bilan ta`minlanib, har bir yo`nalishda mahorat darslarini o`tadi. Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Aziz Marahimov va “Zo`rTV” telekanali prodyusseri Kamil Djalivlolar ishtirokchilar bilan o`z tajribalarini bo`lishdi.

Oromgohning 5-kuni ishtirokchilar yakka va jamoaviy tarzda o`z loyihalari taqdimotini namoyish etdi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboev va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolovlar loyihaning yopilish marosimida qatnashib, har bir yo`nalish bo`yicha o`zbek, rus va ingliz tillarida o`z taqdimotlarini o`tkazgan yoshlarga xalqaro miqyosida ham amal qiladigan raqamlashtirilgan sertifikatlarni topshirdi. Qatnashchilar 5 kunlik olgan bilim va tajribalarini o`z hududlaridagi yoshlar bilan ham o`rtoqlashadigan bo`ldi.

“O`rgan, ulash, ruhlantir” shiori ostidagi loyihada yoshlarning jahondagi oxirgi trendlar, startaplarni yaratish va ularni samarali yuritishni va bozor talablarini o`rgangani, shuningdek, media sohasida zarur bilim, ko`nikmalarga ega bo`lgani ularga kelgusidagi faoliyatlarida dasturi amal bo`ladi.

Mazkur loyiha erkin fikrlovchi, texnologik trendlarga qiziquvchi yoshlarni dasturlash, robototexnika, media va dijital marketing, dizayn, kibersport yo`nalishlari bo`yicha birlashtirdi. Bundan tashqari, ularning jamoaviy bo`lib ishlashlarini ta`minlab, hamkorlik hamda rejalashtirish qobiliyatini kuchaytirishga xizmat qildi.

    Boshqa yangiliklar