2020 yil 1 yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma`lumotlarga ega bo`lmagan yo`nalishli taksilarga lisenziyalar berilishini taqiqlanishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo`nalishli taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi tayyorlanib, muhokamaga qo`yildi.
Hujjat loyihasida yo`nalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo`yiladigan talablar to`g`risidagi nizom ilova qilingan.
Unga ko`ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma`lumotlarga ega bo`lmagan yo`nalishli taksilarga lisenziyalar berilishini taqiqlash nazarda tutilmoqda.
Loyihada qayd etilishia, Ichki ishlar vazirligi yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan yo`nalishli taksilarga berish uchun I tip – ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarining maxsus “YT...” seriyasini ajratish nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2020 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda tashuvchilar, mahalliy byudjet va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag`lari hisobiga yo`nalishli taksilarning maxsus jihozlangan to`xtash joylari quriladi.
Nizomda yo`nalishli taksilar haydovchilariga qo`yiladigan talablar bayon etilgan.
“Yo`lovchilar tashish uchun mo`ljallangan yo`nalishli taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida:
• engil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “V” ruxsat belgisi bo`lgan;
• avtobus, mikroavtobus turidagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “D” ruxsat belgisi bo`lgan;
• 21 yoshga to`lgan, tibbiy ko`rikdan o`tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo`lgan shaxslar qo`yiladi”






