AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qishloq xo`jaligini rivojlantirishda keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda

'O`zbekistonda qishloq xo`jaligini rivojlantirishda  keng ko`lamli islohotlar olib borilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 24 iyun kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) konferensiyasida O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev nutq so`zladi. Vazir bugungi kunda O`zbekistonda qishloq xo`jaligi sohasida yangicha institusional islohotlar boshlangani, bu esa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan mamlakatimizning besh yillik taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotganini ta`kidladi.

Vazir dastlab konferensiyada butun dunyo e`tiborini tortayotgan muammo - Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash masalasiga alohida e`tibor qaratdi. Albatta, bu masalani hal etishda har bir davlatning o`ziga xos o`rni borligi, O`zbekiston bu borada qo`shni davlatlar bilan yaqin hamkorlikni o`rnatish orqali Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-sotiq tartiblarini soddalashtirish borasidagi ko`plab muammolarni echishga muvaffaq bo`layotgani sezilarli natijalarni bermoqda.

Bugun hech birimizni befarq qoldirmaydigan yana bir muammo bor. Jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan– Orol fojiasini bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish O`zbekiston tashqi siyosatining muhim yo`nalishlaridan biridir. Ayniqsa, bu borada uning hududlarini o`rmonzorga aylantirish choralari ko`rilmoqda. Shuningdek, BMT shafeligida O`zbekistonning Orolbo`yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo`yicha ko`psheriklik trast fondi tashkil etilgani, esa ko`plab davlatlar bu jamg`arma faoliyatini qo`llab-quvvatlamoqda.

Qayd etilganidek, yaqinda O`zbekistonda qishloq xo`jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan bo`lib, ayni paytda mamlakatimizda o`zlashtirish imkoni bo`lgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanishiga erishiladi. Bu esa respublikada amalga oishirilayotgan muhim islohotlardan biridir. Shu boisdan O`zbekiston bu borada hamkorlar bilan ishlashga tayyor ekanligini ma`lum qildi.

Qishloq hududlarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta`minlash muhim yo`nalishlardan biri bo`lib, bu borada Prezidentimiz sa`y-harakatlari bilan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda gender tengligini ta`minlash, xotin-qizlarning qishloq xo`jaligidagi o`rnini oshirish borasidagi ishlarni kengaytirishga keng yo`l berilmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO)ning Evropa va Markaziy Osiyo uchun32-hududiy konferensiyasiningO`zbekistonda o`tkazilishidan mamnunmiz. Bu bizga kelgusidagi ishlarimizni amalga oshirishda katta mas`uliyat yuklaydi.

Konferensiyada ma`ruzada bayon etilgan masalalar xorijlik mutaxassislar tomonidan qo`llab-quvvatlandi.

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vazirligi

Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar