1

Egizaklar ota-onasining bag`riga qaytarildi

Jamiyat 27.06.2019, 15:10
Egizaklar ota-onasining bag`riga qaytarildi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 10.03.2016 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor A.X.dan undiruvchi D.Xakimov foydasiga 2 nafar 08.09.2014 yilda tug`ilganHasanjon va Husanjon ismli voyaga etmagan farzandlari ta`minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdoridan aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati yuzasidan bo`lim davlat ijrochilari,mahalla faollari ishtirokida o`tkazilgan huquqiy targ`ibotlar natijasida Hakimovlar oilasi yarashtirildi.

Ushbu yarashtiruv natijasida yana bir yosh oila tiklandi va egizak Hasanjon va Husanjonlar endi o`z otasining bag`rida ekanliklaridan juda baxtiyorlar.

Hozirda ushbu ijro hujjati O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi qonunning 40-moddasiga asosan amalda to`liq ijro qilinganligi sababli tamomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1