1

Xorazmliklar Yoshlar kuniga katta tayyorgarlik ko`rmoqda

Jamiyat 27.06.2019, 15:19
Xorazmliklar Yoshlar kuniga katta tayyorgarlik ko`rmoqda

Kecha, 26 iyun kuni Xorazm viloyatining Yangibozor tumani markazidagi istirohat bog`ida Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi Urganch garnizoni, DXX chegara qo`shinlari hamda milliy gvardiya harbiylari ishtirokida vatanparvarlik festivalio`tkazildi.

Yangibozor markaziy ko`chalarida Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo`shinlarida foydalanilayotgan jangovar texnikalar hamda harbiy orkestr guruhlarining musiqa sadolari ostida shahdam qadamlar bilan xalq orasiga kirib borgan harbiylarni mingdan ziyodyoshlar hayajon bilan kutib olishdi. Festival doirasida qurol-aslahalar va jangovar texnikalar ko`razmasi namoyishga qo`yildi. Qiziqarli o`tgan festival so`ngida Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazi harbiy orkestri tomonidan “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostidagi konsert dasturi kattayu-kichikni raqsga chorlab, xushkayfiyat ulashdi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1