1

O`zbekiston kuch tuzilmalari shartli garovga olinganlarni ozod qilishdi

Jamiyat 27.06.2019, 16:46
O`zbekiston kuch tuzilmalari shartli garovga olinganlarni ozod qilishdi

25-26 iyun kunlari Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi rahbarligida Qoraqalpog`iston Respublikasidagi kuch tuzilmalari Jasliq aholi yashash punktida xavfsizlikni ta`minlash va shartli terrorchi guruhlarni yo`q qilish bo`yicha hamkorlikda taktik maxsus o`quvlarini o`tkazishdi.

Hamkorlikdagi o`quv operasiyada Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo`mitasi hamda mahalliy boshqaruv organlarining hududiy bo`linmalari ishtirok etdi.

Maxsus mashqlar Jasliqdagi ob`ektlardan birida o`tkazilgan bo`lib, o`quv rejasiga asosan u erda shartli terrorchi guruhlari tomonidan garovga olingan ishlab chiqarish tashkilotining xodimlarini ozod qilish operasiyasi ko`rsatildi.

Hamkorlikdagi kuchlar tomonidan amalga oshirilgan maxsus harakatlar davomida “garovga olinganlar” qutqarilib, shartli dushman kuchlari yo`q qilindi. Muhandislik bo`linmalarining xatti-harakatlari bilan bino ichkarisida o`rnatilgan “portlovchi modda” zararsizlantirildi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1