1

Mudofaa vazirligi delegasiyasi Rossiyada o`tkazilayotgan xalqaro harbiy-texnika forumida ishtirok etmoqda

Jamiyat 28.06.2019, 12:13
Mudofaa vazirligi delegasiyasi Rossiyada o`tkazilayotgan xalqaro harbiy-texnika forumida ishtirok etmoqda

O`zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollanish bo`yicha o`rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov rahbarligidagi O`zbekiston harbiy delegasiyasi vakillari Rossiya Federasiyasida o`tkazilayotgan “ARMIYa—2019” V xalqaro harbiy-texnika forumida ishtirok etmoqda.

Forum davomida turli davlatlarningkorxona va kompaniyalarida ishlab chiqarilgan qurol-aslaha, harbiy texnika va harbiy-texnik mulklar namoyish etilmoqda.

O`zbekiston delegasiyasi forum davomida turli davlatlar korxona va kompaniyalarining vakillari bilanqo`shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika, harbiy-texnik mulk hamda zahira asbob va anjomlar bilan qurollantirish bo`yicha muzokara o`tkazmoqda.

Shuningdek, qurol-aslahava harbiy texnikalarni modernizasiya qilish va ta`mirlash hamda muhandislik-texniklar tarkibini tegishli davlatlar korxonalariga tajriba almashinuviga yuborish, davlatlar o`rtasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha ham muzokaralar o`tkazish rejalashtirilgan.

V xalqaro harbiy-texnik forum joriy yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1