1

Navoiyda bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari, fuqarolar va mahalla raislari rag`batlantirildi

Jamiyat 28.06.2019, 13:46
Navoiyda bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari, fuqarolar va mahalla raislari rag`batlantirildi

Bundan ikki yil muqaddam “Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to`lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan edi. O`tgan davrda, to`plangan tajriba, xodimlarning ishga mas`uliyati va amalga oshirayotgan ishlar natijasida Davlat rahbari va Bosh prokuror tomonidan oldimizga yangi va qo`shimcha vazifalar yuklatildi.

Jumladan, ichimlik suvi ta`minoti hamda maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqish xizmatlari uchun to`lovlarni undirish byuro tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Erishilayotgan natijalar - ommaviy axborot vositalari, mahalla raislari va namunali iste`molchilarimizning ko`magi natijasi hisoblanadi. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar va yangiliklarni aholi e`tiboriga etkazish, to`lov intizomi va madaniyatini shakllantirishda OAV xizmatlari cheksizdir.

Ayniqsa, bu borada shaxsiy namuna bo`layotgan fuqarolarimizni alohida e`tirof etish o`rinli.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, byuro organlari to`lov intizomini mustahkamlash yo`lida faqat keskin va qat`iy choralarni ko`rib qolmasdan, balki qonun ustuvorligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini suzsiz ijrosini ta`minlash, energiya resurslari, suv ta`minoti va suv chiqarish sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda to`lov intizomini mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun fuqarolar va yuridik shaxslarni rag`batlantirish funksiyasini ham bajarib kelmoqda.

Bu faoliyat Byuro direktorining alohida buyrug`i bilan mustahkamlangan.

Shundan kelib chiqqan holda, Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig`i U.B.Sa`dullaev tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash hamda to`lov intizomi va madaniyatini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan 15 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlari, mahalla raislari va fuqarolar tashakkurnoma va sovg`alar bilan rag`batlantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1