AsosiyJinoyat

Yashirincha olib kirilayotgan dori vositalari to`xtatib qolindi

'Yashirincha olib kirilayotgan dori vositalari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelib, yashil yo`lakdan harakatlanayotgan fuqaro M.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilari e`tiborini tortdi.

Shundan so`ng ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Tekshiruv jarayonida fuqaroning yuklari orasidan umumiy qiymati 8,5 million so`m bo`lgan 900 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar