Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxojaev Xorazm viloyatining Bog`ot tumanida sayyor qabul o`tkazdi.
Xususan, joriy yilning 3 iyul kuni Xorazm viloyat Bog`ot tumanida Byuroning Bog`ot tuman bo`limi binosida viloyatning barcha tuman va shahar aholisi uchun sayyor qabul o`tkazdi. Uchrashuvda Byuro direktori va Byuroning Xorazm viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdilar.
Sayyor qabul davomida 14 ta fuqaroning murojaati eshitildi. Ular asosan qarzdorlikni undirish, tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikni undirish hamda boshqa masalalar bilan bog`liq murojaatlar edi. Tadbir davomida barcha shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi.






