AsosiyJamiyat

TIV Turkiya va Rossiyada vafot etgan o`zbekistonliklar bo`yicha axborot berdi

'TIV Turkiya va Rossiyada vafot etgan o`zbekistonliklar bo`yicha axborot berdi'ning rasmi

27 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida O`zbekiston fuqarosi, 26 yoshli Akmal Ravshanovich Mamirjanov vafot etgan. Ma`lum qilinishicha, u basseynga borgan paytda sog`ligi yomonlashgan va kasalxonaga yotqizilgan.

30 iyun kuni Istanbul shahrida velosipeddan yiqilish natijasida boshidan jarohatlanishi oqibatida 52 yoshli o`zbekistonlik ayol — Zulfiyaxon Davlatovna Sharafuddinova ham vafot etgan.

30 iyun kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston fuqarosi O.R. to`satdan vafot etgan. U Primore o`lkasida 2018 yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.

Qayd etilgan holatlar nazoratga olingan va vatandoshlarimizning jasadlarini dafn etish uchun O`zbekistonga jo`natish borasida ularning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko`rsatildi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi axborotida.

    Boshqa yangiliklar