AsosiyDunyo

Buyuk jangchi Bryus Li falsafasi

Uni yaxshi ko`rishgan, unga taqlid qilishgan. U jahon jang san`ati afsonasiga, kino sohasida yaqqol qahramonga aylandi. Uning falsafasi esa hozirgi kunda ham millionlab odamlarni ilhomlantirmoqda va o`zini tanishga, o`z-o`zini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

adme.ru Bryus Lining dono fikrlarini yodga oladi. Inson nafaqat tanasi bilan, balki ruhan ham kuchli bo`lishi kerak.

  1. Qanchalik sekin harakat qilayotganing emas, to`xtamaganliging muhim.
  2. Agar mag`lubiyatni tan olmas ekansiz, u mag`lubiyat emas.
  3. Haqiqiy do`st olmos kabi kamyob va qimmatdir. Soxta do`stlar esa xuddi kuzgi yaproqlar kabi har tomoningizda.
  4. Agar sizni tanqid qilishayotgan bo`lsa, demak to`g`ri qilyapsiz. Chunki odamlar aqllilarga hujum qilishadi.
  5. O`ylama - his qil! Bu xuddi oyni barmoq bilan ko`rsatishdek gap. Barmoqqa diqqat bilan qaramasang, go`zallikdan quruq qolasan.
  6. Nima haqida o`ylasang, shunday bo`lasan.
  7. Sharqliklar “Moslashuvchan bo`l. Hayot insonni egiluvchan va yumshoq qilsa, o`lim qattiqlashtiradi” deyishadi. Bu tana, aql va ruhga tegishli.
  8. Men muhokama qilish uchun emas, tushunish uchun o`rganaman. Men ko`r-ko`rona olomonga ergasha olmayman va ularning qiliqlarini qabul qilmayman.
  9. Agar biror nima haqida iloji yo`q deb o`ylasang, o`zing buni imkonsiz qilasan.
  10. Yaxshi jangchi kuchli emas, balki tayyoridir. U o`ylamaydi va orzu qilmaydi.  U sodir bo`ladigan hamma narsaga tayyor.
  11. Jangda doim kutilmaganda g`alaba qozoniladi. Yodlab olish esa mag`lubiyatga uchraydi.
  12. Bo`sh boshda uzun til bo`ladi.
  13. Maqsadga etish shart emas. Bu yo`lda davom etish kerak xolos.
  14. Xatolarni doim kechirish mumkin, albatta, bunga jasorat topa olsang.
  15. Ko`ngilchan bo`l, ammo bo`ysunma, qat`iy bo`l, lekin shafqatsiz emas.
  16. Oddiylik san`atning oliy darajasidir.
  17. Aqlli ahmoq aqlli maslahatdan olganiga qaraganda ahmoqona savollardan ko`proq narsa olishga qodir.
  18. Nima berayotganing emas, qanday berayotganing muhim.
  19. Men 10000 zarbani biladigandan qo`rqmayman. Men bir zarbani 10000 marta o`rgangandan qo`rqaman.

    Boshqa yangiliklar