AsosiyJamiyat

Byuro direktori Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi

'Byuro direktori Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o`tkazdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida sayyor qabulni o`tkazdi.

Tadbir davomida 10 ga yaqin fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi, murojaatlar bo`yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni tegishli tartibda ko`rib chiqib, hal etish yuzasidan Byuro tizimining mas`ul xodimlariga ko`rsatma va topshiriqlar berildi.

Qabulga tashrif buyurgan ayrim fuqarolarning murojaatlar tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish va vakolat doirasida qonuniy qaror qabul qilish uchun boshqa tashkilot va idoralarga yuborildi.

Ma`lumot o`rnida, sayyor qabul davomida fuqaro M.Mamadalievaning oilaviy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish uchun savdo majmuasi (yarmarka) qurish uchun er maydoni ajratish to`g`risida yordam so`rab qilgan murojaati tegishli tartibda ko`rib chiqish va hal etish uchun Oqoltin tuman hokimligiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar