Gollivudning eng iste`dodli, latofatli aktrisalaridan biri bo`lmish Ntali Portman ham boshqa erkak Gollivud yulduzlari kabi Stiv Jobs haqida suratga olinajak filmda rol ijro etishdan bosh tortdi.
Ayni vaqtgacha “Stiv Jobs” kartinasining rejissyori Denni Boyl, Stiv Jobs rolida Maykl Fassbender, uning hammuassisi rolini esa Set Rogenlar ijro etishi aniq holos. Film ssenariysini Aaron Sorkin Uolter Ayzekson asari asosida yozgan.
Bugungi kungacha “Stiv Jobs” kartinasidan Leonardo Di Kaprio, Kristian Beyl, Devid Fincher hamda Sony Pictures kompaniyalari bosh tortib ulgurishdi.
Endilikda film Universal tomonidan suratga olinadi va 2015 yilda u omma e`tiboriga havola etilishi kutilmoqda.