1

Saida Mirziyoeva muzey rahbari etib tayinlangan ekspert Tigran Mkrtichevga katta ishonch bildirdi

Jamiyat 08.07.2019, 18:42
Saida Mirziyoeva muzey rahbari etib tayinlangan ekspert Tigran Mkrtichevga katta ishonch bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Muzeylar renovasiya dasturiga muvofiq yaqinda Nukusda joylashgan I.V.Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyi direktori lavozimiga xalqaro tanlov o`tkazildi, deya yozadi O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o`rinbosari Saida Mirziyoeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Tanlovda san`atshunoslik fanlari doktori, Rossiya Federasiyasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, 20 dan ortiq xalqaro ko`rgazmalar kuratori, muzey ishi sohasidagi xalqaro ekspert Tigran Mkrtichev g`alaba qozondi.

Ushbu muzey mamlakatimizdagi eng yiriklardan biri bo`lib, haqli ravishda "Sahrodagi Luvr" nomi bilan mashhur. Ushbu dargohda rus avangardiga mansub asarlarning ahamiyati va hajmiga ko`ra jahonda ikkinchi sanalgan kolleksiya hamda Osiyo qit`asidagi eng namunali deb hisoblangan badiiy kolleksiya saqlanadi.

photo5267155615174732686.jpg

Muzeylarda rahbar lavozimlariga tayinlashda yangi – ochiq tanlov o`tkazish amaliyoti qo`llanayotgani alohida e`tiborga molik. Bunday muhim qarorlarni qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikka rioya qilinishi adolatli ravishda munosib nomzodni tanlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, Saida Mirziyoeva: "Muzey faoliyatida yangi sahifa ochilayotganiga, uning noyob kolleksiyasi asrab-avaylab saqlanishiga xizmat qiladigan yangi taraqqiyot bosqichi boshlanganiga ishonchim komil.

Hurmatli Tigran Konstantinovichni tayinlov bilan muborakbod etib, muzeyni rivojlantirish yo`lida muvaffaqiyatlar va yorqin ijodiy zafarlar tilab qolaman!" deya ta`kidlaydi.

photo5267155615174732687.jpg

photo5269239726580280122.jpg

photo5269263872886418170.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1