1

MIB shifoxona xodimlariga qarzdorlikni undirib berdi

Jamiyat 09.07.2019, 13:07
MIB shifoxona xodimlariga qarzdorlikni undirib berdi

Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo`limiish yurituvidagiMirzo Ulug`bek tuman jinoyat ishlari bo`yicha sudining 2018 yil 04 dekabrdagi ijro varaqalariga asosan, qarzdor G.Arustamyandan undiruvchilar “Respublika Neyroxirurgiya markazi”, fuqarolar M.Shokirov, K.Komilova, N.Qodirovalar foydasiga qarzdorlik undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari asosan,O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor G.Arustamyandan undiruvchi “Respublika Neyroxirurgiya markazi” foydasiga jami 924.580 so`m qarzdorlik, undiruvchi M.Shokirov foydasiga jami 7.273.280 so`m qarzdorlik, undiruvchi K.Komilova foydasiga jami 11.306.600 so`m qarzdorlik, undiruvchi N.Qodirova foydasiga jami 1.454.600 so`m qarzdorliklar to`liq undirib berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1