1

Urganchdagi “Temurbeklar maktabi”da 150 o`ringa 450 nomzod da`vogarlik qilmoqda

Jamiyat 10.07.2019, 09:54
Urganchdagi “Temurbeklar maktabi”da 150 o`ringa 450 nomzod da`vogarlik qilmoqda

Mudofaa vazirligiga qarashli Urganch “Temurbeklar maktabi”ga bir o`ringa uchta bola da`vogarlik qilmoqda. Ya`ni, bu yil 150 o`rin uchun 450 nafar nomzodning shaxsiy yig`ma jildi qabul qilingan bo`lib, oxirgi bosqich – Davlat test sinovlarida ishtirok etish uchun qo`yiladi.

Hujjatlarni topshirgan nomzodlar asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarining yoshlari bo`ldi.

Yigitlar ohirgi bosqichga qadar tuman (shahar), viloyat mudofaa ishlari bo`lim va boshqarmalaridagi harbiy-professional saralash bosqichlaridan hamda jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o`tishdi.

Navbatdagi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan test sinovi joriy yilning 12 iyul kuni Urganch shahar “Yoshlik” sport majmuasida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1