1

Buxorolik 7 bemor Koreyada operasiya qilindi...

Jamiyat 10.07.2019, 10:05
Buxorolik 7 bemor Koreyada operasiya qilindi...

Koreyaning Ximchan klinikalar tarmog`i rahbariyati bilan Buxoroda mazkur tarmoqning bir bo`limi –“UzXimchan” klinikasini ochish bo`yicha memorandum imzolagani haqida xabar berganedik.

Kuni kecha esa ijtimoiy himoyaga muhtoj, suyak-bo`g`im kasalliklari bilan og`rigan 7 nafar bemor Koreyaga olib ketildi va jarrohlik operasiyalari o`tkazildi. Ular, Ibrogimova Shahlo (44 yosh),Rahmanova Sofiya (63 yosh), Xolida Umarova (48 yosh), Dildora Barokatova (34 yosh), Dilmurod Saidov (55 yosh), Shoimjon Ismoilov (55 yosh).


Buxoroda iste`qomad qiluvchi bu hamyurtilarimizning barchasi Kokartroz kasaligiga chalingan bo`lib, ular Koreyaning Inchxonshahridagi klinika filialida jarrohlikoperasiyasini boshidan o`tkazishdi.

Ma`lumot o`rnida:

‌“Ximchxan” klinikalar tarmog`ibo`g`inlar va umurtqa pog`onalarini davolash bo`yicha Koreyadagi yirik tibbiyot muassasasi bo`lib, Seul, Inchxon, Busan, Chxangvon shaharlarida uning sakkizta klinikasi ishlab turibdi.Tarmoqda100 dan ortiq malakali shifokor, 733 nafar hamshira faoliyat ko`rsatadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1