1

"Yashil chiroq" musobaqasining respublika final bosqichi o`tkazildi

Jamiyat 10.07.2019, 14:03
 "Yashil chiroq" musobaqasining respublika final bosqichi o`tkazildi

Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB,O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`lim vazirligi,O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg`armasi, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O`zbekiston Respublikasi milliy teleradio kompaniyasi, “Avtohamroh” jurnali tahririyatining 2016 yil01 martdagi “Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilario`rtasida “Yashil chiroq” musobaqalarinig tashkil etish to`g`risida”giqo`shma Qarori asosida muntazam ravishda o`tkazib kelinmoqda.

2019 yil 6-8 iyul kunlari har yili o`tkaziladigan maktablararo “Yashil chiroq” musobaqasining respublika final bosqichi Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida o`tkazildi.

Musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridan 1 tadan jamoa ishtirok etdi.

“Yashil chiroq” musobaqasida jamoalarning safda yurishi tayyorgarligi, piyodalar harakatiga oid savollar, yosh velosipedchilar musobaqasi,regulirovkachi signallarini ko`rsatish, guruh sardorlar bellashuvi, maket yasash bo`yicha bellashuv, birinchi tibbiy yordam ko`rsatish,texnika ijodiyoti tanlovi,yo`l harakati qoidalari bo`yicha imtihon, yashil chiroq tashviqot guruhlari chiqishi shartlari o`tkazilidi.

Musobaqada Faxrli 1-o`rinni Qoraqalpog`iston Respublikasi jamoasi, 2-o`rinni Xorazm viloyati jamoasi, 3-o`rinni Toshkent shahri jamoasi egalladi.

Toshkent shahri Sergeli tumanining 303-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi o`quvchilari jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 3-o`rinni egalladi. 3-o`rinni egallagan jamoaning har bir a`zosi mobil uyali aloqa telefonlari va kitoblar to`plami bilan mukofotlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1