1

Angren ko`mir konida yirik er ko`chkisi sodir bo`ldi

Jamiyat 10.07.2019, 14:13
Angren ko`mir konida yirik er ko`chkisi sodir bo`ldi

8 iyul kuni taxminan soat 15:30 larda Angren ko`mir konining shimoliy qismida chamasi 25 million metr kub bo`lgan er ko`chkisi sodir bo`lgan.

“O`zbekiston temir yo`llari” xabar qilishicha, mazkur tabiiy ofat muhandislik kommunikasiya, avto va temir yo`llar hamda Angren ko`mir koni uchun xavf tug`dirmaydi.

Tabiiy ofatning vujudga kelishida asosiy omil bu joriy yilning aprel-may oylarida yomg`irning yog`ishi (ko`p yillik me`yordan ortiq), er osti suvlari darajasining sezilarli darajada ko`payishi bo`lib, bu gidrodinamik bosimining oshishiga olib kelgan. Natijada qum tosh tuproqlarni er osti oqimlari bilan yuvilib, er qatlamida bo`shliqlarni hosil qilgan. Bu esa Angren ko`mir konining shimolidagi yon tomonining zaiflashishiga olib kelgan.

Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati tomonidan salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida ko`chki doimiy ravishda kuzatilmoqda. Shuningdek, mazkur hududda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining kun-u tun navbatchiligi tashkil etilgan.

Loyiha-tadqiqot instituti mutaxassislari er ko`chishi sabablarini qo`shimcha o`rganish bo`yicha ishlarni olib boryapti, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1