1

AQSh elchisi Deniel Rozenblyum jurnalistlar bilan uchrashuvda asosiy vazifalari haqida so`zladi

Jamiyat 11.07.2019, 11:10
AQSh elchisi Deniel Rozenblyum jurnalistlar bilan uchrashuvda asosiy vazifalari haqida so`zladi

Amerika qo`shma shtatlarining Toshkentdagi elchixonasida AQShning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan mamlakat ommaviy axborot vositalari xodimlarining tanishuv konferensiyasi bo`lib o`tdi.

  • O`zbekistonda ulkan o`zgarishlar, rivojlanishlar bo`layotgan, O`zbekiston hamda Amerika Qo`shma Shtatlari o`rtasidagi munosabatlar eng yuqori cho`qqisiga chiqqanbir davrda elchilik lavozimiga tayinlanganimdan mamnunman. Ish boshlaganimdan buyon mamlakat rasmiylari, fuqorolik jamiyati vakillari bilan uchrashdim. O`zbekiston bilan yanada yaqindan tanishish maqsadida siz jurnalistlar bilan ham uchrashashni istadim. Avvalo, mendan oldin faoliyat yuritgan elchilarga ikki tomonlama munosabatlarni yuqori cho`qqiga olib chiqa olishdagi xizmatlari uchun o`z hurmatimni bildiraman. Mening maqsadim ham mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni imkon qadar yuksaltirishga xizmat qilishdan iborat. Bu ikki mamlakat uchun ham foydali bo`ladi, – dedi elchi janoblari.

Shundan so`ng Daniel Rozenblyum o`zining elchi sifatidagi asosiy vazifalarini besh yo`nalishga bo`lishini ta`kidladi va ular haqida to`xtalib, jumladan shunday dedi:

Birinchidan, O`zbekiston bilan AQSh o`rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash. Bu ekstremizmga barham berish, transmilliy jinoyatlarga chek qo`yish, narkotik moddalar savdosini oldini olish.

Ikkinchidan, O`zbekistonning iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy sohalarda amalga oshirayotgan islohotlarini qo`llab-quvvatlash. Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan rivojlanish dasturi o`zini oqlamoqda. Buni boshqa davlatlar qatori xalqaro tashkilotlar, Amerika Qo`shma Shtatlari ham e`tirof etmoqda. AQSh bir qancha sohalarda, jumladan, sud-huquq sohasida, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalarida etarlicha tajriba ega mamlakat sifatida bu borada O`zbekistonga ko`mak berishga tayyor.

Uchinchidan, inson huquqlari muhofaza qilinishiga e`tibor qaratish. Biz so`z erkinligi, vijdon erkinligi hamda fuqarolik jamiyati shakllanishida fikrlar xilma-xilligi ta`minlanishiga ko`maklashamiz. O`zbekistonning inson huquqlarini ta`minlash, xususan, majburiy mehnatga barham berish va vijdon erkinligini muhofaza etishdagi sa`y-harakatlari tahsinga loyiq.

To`rtinchidan, O`zbekiston va Amerika Qo`shma Shtatlari fuqarolari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni yo`lga qo`yish. Bu ta`lim, madaniyat va ilmiy sohalardagi munosabatlarni yaxshilashga, aloqalar mustahkamlanishiga yordam beradi.

Masalan, avgust oyining so`nggi haftasida Samarqandda bo`lib o`tadigan “Sharq taronalari” festivalida mehmon, tomoshabin sifatida qatnashamoqchiman. Unda AQSh davlatidan ham milliy yo`nalishda ijod qiluvchi musiqiy guruh ishtirok etadi. Bu madaniy sohadagi hamorliklarimizning kichik bir misoli.

Beshinchidan, Amerika kompaniyalariga O`zbekiston bozoriga kirish, o`z mahsulotlari va xizmatlarini taklif etishlariga ko`maklashish hamda samarali investisiyalar kiritishiga hissa qo`shish. O`zbekistonda iqtisodiyot rivojlanayotgan bir paytda, mahalliy kompaniyalar qatori xorijiy investorlarga ham ko`plab imkoniyatlar yaratilgan. Shunday ekan, biz ularni qo`llab-quvvatlashimiz, imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim.

AQSh elchisi o`z nutqini tugatgach, jurnalistlarning ikki tomonlama munosabatlarga oid savollariga javob berdi. Qizg`in davra suhbatida ikki davlat o`rtasida vizasiz rejim joriy qilinishi ehtimoli, Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidentining O`zbekistonga tashrif buyurish yoki buyurmaslik masalasi, vijdon erkinligi kafolatlari mavzusida keyingi hafta Vashingtonda bo`lib o`tadigan vazirlar darajasidagi yig`ilishda O`zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etishi, kabi mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Dilfuza SOBIROVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1