AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda tarbiyasi og`ir o`quvchi-yoshlar bir hafta davomida harbiylardek hayot kechiradi (Foto)

'Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda tarbiyasi og`ir o`quvchi-yoshlar bir hafta davomida harbiylardek hayot kechiradi (Foto)'ning rasmi

Mirobod tumanidagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda Toshkent shahar Ichki ishlar idoralari profilaktik hisobida turgan 30 nafar o`quvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan bir haftalik amaliy seminar o`tkazilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamda Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir davlatimiz rahbari ilgari surgan besh muhim tashabbusning amaliy na`munasidir.

– Yoshlarni ma`naviy va ma`rifiy ishlar, jumladan, madaniyat, san`at sohasida bilimlarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlarida ishtirokini ta`minlash borasida bir haftalik reja tuzib olganmiz, – deydi katta leytenant O`ktam Ochilov. – Harbiy qismda ular uchun psixologik treninglar, profilaktik suhbatlar, saf tayyorgarligi bo`yicha maxsus mashg`ulotlar, vatanparvarlik ro`hini targ`ib qiluvchi videofilmlar namoyishi, kitoblar mutolaasi, kompyuter texnologiyalari hamda rassomchilik to`garaklari kabi amaliy mashg`ulotlar tashkil qilingan.

Hafta davomida yosh askarlarni badiiy va harbiy orkestrlarning konsert dasturlari, safda qo`shiq aytish hamda harbiylar ishtirokidagi qo`l jangi ko`rgazmali chiqishlari namoyish etilmoqda.

Ta`kidlash joiz, bu kabi amaliy tadbirlar yoshlar tomonidan sodir etilayotgan turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, el-yurt xizmatiga doimo tayyor farzand sifatida tarbiyalashga qaratilgan.

Eslatib o`tamiz, tarbiyasi og`ir o`quvchi-yoshlar uchun tashkil etilgan maxsus harbiy ta`til 15 iyulga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Boshqa yangiliklar