1

Samarqand Markaziy Osiyo ilm-fani tarixidagi yirik anjumanga mezbonlik qiladi

Jamiyat 15.07.2019, 08:49
Samarqand Markaziy Osiyo ilm-fani tarixidagi yirik anjumanga mezbonlik qiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusiga ko`ra, joriy yilning 26 avgust kuni Samarqandda “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiyasi o`tkaziladi.

Buyirik anjumanYuNESKO,O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi, YuNESKO ishlari bo`yicha Milliy komissiya, O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasisi (O`zEOAVMA), O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizasiyasi markazi bilan hamkorlikda nafaqat O`zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasiilm-fan tarixida ilk marta o`tkaziladi.

Konferensiyaning maqsad va vazifalari YuNESKOning moddiy madaniy merosni asrash va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha prinsiplarini ilgari surish,zamonaviy bosqichda turli mamlakatlarda tarixiy-madaniy merosni saqlash va targ`ib qilish tajribalarini o`rganish, tarixiy-madaniy merosni saqlash tizimini takomillashtirish,tarixiy madaniy merosni konservasiya va restavrasiya qilishda yangi strategiyalar va texnologiyalarni joriy qilish,madaniy merosni o`rganish, saqlash va ulardan foydalanishda innovasion raqamli texnologiyalarni joriy qilish, ushbu yo`nalishda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatining asosiy yo`nalishlarini belgilashdan iborat.

Konferensiya ishida YuNESKO bosh direktori O.Azule,Butunjahon madaniy merosi qo`mitasi a`zolari, qator mamlakatlarning madaniyat vazirlari,IKOMOS ekspertlari,olimlar, Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy merosi tadqiqotchilari, restavratorlar, xorijiy mamlakatlar muzeylarininig taniqli direktorlariva boshqalar ishtirok etadilar.

Bundan tashqari, qatnashchilarning muhim segmentiniIT-kompaniyalar, madaniyat va turizm yo`nalishidagi davlat organlarivakilari, madaniy merosni saqlashda AKTdan foydalanish bo`yichaxalqaro ekspertlar tashkil etadi.Shuningdek, davlat boshqaruv organlari rahbarlari, ta`lim tizimi vakillari, xalqaro tahlilchilar taklif etiladi.

Konferensiya yalpi majlis, shunindek,madaniy meros va shaharsozlik,jahon merosini saqlashda huquqiy va boshqaruv mexanizmlari, ta`lim tizimida madaniy merosni saqlashda AKTdan foydalanish bo`yicha sho``ba sessiyalarini o`z ichiga oladi:

Xalqaro konferensiya yakunlari bo`yicha Deklarasiya qabul qilinadi.

Konferensiya doirasida O`zbekistonda birinchi marotaba yirik hajmli aksiya – meros haftaligi o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1