1

Qorako`l terilarining noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi

Jinoyat 15.07.2019, 09:09
Qorako`l terilarining noqonuniy olib chiqishga urinishning oldi olindi

Bojxona xodimlari mamlakatimizdan qorako`l terilarini noqonuniy olib chiqilishining oldini olishdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Qoraqalpog`iston” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Saratov” yo`lovchi poezdining vagon-restorani belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natija ushbu vagonga yashirib qo`yilgan, qiymati salkam 11 million so`mlik 36 dona qorako`l terilari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1