AsosiyJinoyat

Qurolni noqonuniy olib o`tmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatib qolindi

'Qurolni noqonuniy olib o`tmoqchi bo`lgan shaxs to`xtatib qolindi'ning rasmi

Bojxona xodimlari tomonidan qurol-yarog`larni noqonuniy olib o`tish bilan bog`liq navbatdagi qonunbuzilish holati fosh etildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Gulbahor” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan fuqaro P.V. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Mazkur fuqaroning qo`l sumkasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, uning sumkasida hech qanday hujjatlari bo`lmagan hamda bojxona xodimlariga ma`lum qilinmagan “MAKAROV” nomli pnevmatik to`pponcha hamda 2 dona kislorod balonchalik patronlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar