1

Okrug miqyosida muvofiqlashtiruvchi kengash yig`ilishi o`tkazildi

Jamiyat 17.07.2019, 09:21
Okrug miqyosida muvofiqlashtiruvchi kengash yig`ilishi o`tkazildi

15 iyul kuni Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazi binosida 2019 yilning o`tgan olti oy yakunlari bo`yicha qo`shinlarda o`tkazilgan huquqiy tartibotga oidprofilaktik tadbirlar hamda bu sohada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar yuzasidan muvofiqlashtiruvchi kengash yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishga Nukus harbiy prokurori adliya polkovnigi Bahodir Hudoyberdiev raislik qildi. Unda Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi hamda harbiy qism komandirlari va muassasalar boshliqlari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligiga qarashli hududiy bo`linmalar mansabdor shaxslari ishtirok etdi.

Tadbir davomida qo`shinlarda harbiy intizom holati tahlil qilinib, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari, Qurolli Kuchlar faxriylarining murojaatlarini o`rganish hamda muammoli masalalarni hal etishda ko`maklashish, jinoyatchilikning oldini olish, huquq-tartibotni mustahkamlash, harbiy xizmatni o`tashda xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Mutasaddilar harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ular o`rtasida sog`lom raqobatbardosh muhitni shakllantirishda huquq-tartibot organ xodimlari bilan hamkorlikda o`tkaziladigan profilaktik tadbirlarning ahamiyati haqida to`xtalib o`tishdi.

Yig`ilish yakunida olti oylik hisobot ma`lumotlari hamda joriy yilning ikkinchi yarmi uchun rejalashtirilgan tadbirlar bo`yicha kengash qarori qabul qilindi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1