1

Denovda qo`l bola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi aniqlandi

Jinoyat 17.07.2019, 09:23
Denovda qo`l bola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi aniqlandi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro Byurosi Denov tuman bo`limi xodimlari tomonidan 2019 yil 26 iyun kuni olingan tezkor ma`lumotga asosan Denov tuman, “Fayzli” mahallasida yashovchi fuqaro X.R. xonadoni elektr energiyasidan foydalanish xolati ko`zdan kechirilganda, xo`jalik xonasida ko`lbola usulda moyjuvoz uskunasi o`rnatib, paxta chigiti va zig`ir donidan yog` va kunjara ishlab chiqarib, qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlangan.

X.R.ga tegishli xonadonning xo`jalik xonasidan bir dona qo`l bola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi, 1 dona generator, 1 dona yog` tortish nasosi moyjuvoz uskunasidan ishlab chiqarilgan 1240 litr moyga o`xshash suyuqlik mahsulotlari jami 2 237 250 so`mlik tovar moddiy qimmatliklar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

“O‘ZSTANDART” agentligi “Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining xulosasiga ko`ra, olingan ushbu moyga o`xshash suyuqlik mahsuloti moyjuvoz uskunasi orqali, paxta chigiti va zig`ir donini preslash yo`li bilan qo`lbola usulda tayyorlanganligi, Davlat standarti talablariga javob bermasligi, ya`ni iste`molga yaroqsizligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan fuqoro X.R.ga nisbatan 2019 yil 12 iyul kuni O`zR.JKning 1862-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tuman prokuraturasiga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1