1

Zargarlik buyumlarini yashirishga urinish naf bermadi

Jinoyat 17.07.2019, 09:29
Zargarlik buyumlarini yashirishga urinish naf bermadi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, vazni 65 grammgacha bo`lgan zargarlik buyumlari yurtimizga bojxona to`lovlarisiz olib kirish mumkin. Ammo, noqonuniy daromad orttirish ilinjidagi ayrim shaxslar yurtimizga shu zargarlik buyumlarini yashirin yo`llar bilan olib o`tishga urinishmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro Sh.L.ning bojxona to`lovlarini to`lamasdan zargarlik buyumlarini olib kirishga bo`lgan urinishi fosh etildi.

Ushbu shaxs ko`l yuklari rentgen-skaner apparatidan o`tkazilganda, uning sumkasidan deklarasiyalanmagan va og`zaki so`rovda ma`lum kilinmagan qiymati qariyb 1,5 million so`mlik 163,75 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1