1

3 ming dona olov yondirgichlar manziliga etmadi

Jinoyat 17.07.2019, 09:30
3 ming dona olov yondirgichlar manziliga etmadi

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Oq-oltin tumanida tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazidi.

Tadbir davomida fuqaro I.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina saloni ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashina salonida hech qanday hujjatlari bo`lmagan va umumiy qiymati 7,5 million so`mlik 3000 dona olov yondirgichlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1