1

Andijonlik soliqchilar 54 million so`mlik noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo`ydi

Jinoyat 18.07.2019, 10:55
Andijonlik soliqchilar 54 million so`mlik noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosiga chek qo`ydi

Sultonobod mahallasi – Andijon tumanidagi “Kuyganyor dehqon bozori” bilan qo`shni. Mahalladagi omborxona ko`pchilikning e`tiboridan chetda. Ammo uzoq-yaqin tumanlardagi alkogol savdosi bilan shug`ullanadigan savdogarlar uchun “otning qashqasidek” ma`lum joy. Ular bu makonga qadam bosishdan avval, atrofga teran ko`z yugurtirib olishadi. Chunki omborxona egalaridan shunday topshiriq bo`lgan.

Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Sultonobod mahallasida o`tkazilgan nazorat-tadbirida Xurshid Raupov, G`anijon Kamolov va Jamshid Inomov (maqoladagi ism-shariflar o`zgartirilgan) – “uch og`a-inilar” omborxonani yashirin biznes makoniga aylantirib olishganligi aniqlandi. Mo`may daromad ilinjida “tadbirkorligi”ga erk berganlardan maxsus lisenziya, kirim hujjatlari so`ralganida, biror-bir rasmiy guvohnoma taqdim etisholmadi.

Soliq xodimlari ushbu holatlar yuzasidan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar rasmiylashtirishib,Xurshid Raupovga tegishli bo`lgan umumiy qiymati 19 million so`mdan ziyod 6 turdagi 1 ming 803 dona alkogol mahsulotinining noqonuniy savdosiga chek qo`ydilar.

Xuddi shuningdek, G`anijon Kamolovning 7 turdagi 1290 dona 18 million 985 ming, Jamshid Inomovning esa 852 dona 16 million 104 ming so`mliksavdoga qo`yilgan alkogol mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olib qo`yildi.

Xalqimizda topib aytilgan naql bor: ko`za kunda emas, kunida sinadi. Noqonuniy ishning, baribir, “misi” chiqadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1